Tashkent, June 20 -- Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gennadiy Shapovalovni Ukraina quruqlikdagi qo'shinlari qo'mondoni etib tayinladi. Tegishli farmon prezident saytida e'lon qilindi.

Shapovalov 2025 yil fevraligacha Janub tezkor qo'mondonligini boshqargan. Shundan so'ng u Ukrainaning Germaniyadagi NATO harbiy yordam va o'quv missiyasiga (NSATU) vakili etib tayinlandi.

1 iyun kuni general-mayor Mixaylo Drapatiy Ukraina quruqlikdagi qo'shinlari qo'mondoni lavozimidan iste'foga chiqish haqida ariza topshirganini ma'lum qildi. Bu Rossiyaning Ukraina quruqlikdagi qo'shinlari o'quv bo'linmalaridan biriga raketa zarbasi berganidan ko'p o'tmay sodir bo'ldi. Zarba oqibatida 12 nafar harbiy xizmatchi halok bo'ldi, 60 nafardan ortig'i jaroh...