Tashkent, May 12 -- Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo'lmasa ham, 15-may kuni Istanbulga borishga qaror qildi. Bu haqda ukrainalik amaldorga tayanib Axios xabar berdi.

Putin 15-may kuni Istanbulda Ukraina bilan to'g'ridan to'g'ri muzokaralarni boshlashni taklif qilgandi. Biroq Rossiya 30 kunlik sulhni boshlash uchun G'arb davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishni to'xtatishi kerakligini aytmoqda. Aks holda, Ukraina bu davrdan safarbarlik, rotatsiya, yangi jangchilarni tayyorlash va mavjud kuchlarini tiklash uchun foydalanishini da'vo qilgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp esa Ukrainada Moskva bilan tinchlik muloqotini boshlashni talab qilgan.

Zelenskiyning Putin bilan uchrashish chaqirig'i aynan...