Tashkent, April 24 -- 2005 yil 23 aprelida, roppa-rosa 20 yil avval, Hayvonot bog'idaman deb nomlangan 18 soniyali past sifatdagi video bilan hozir dunyodagi eng mashhur platforma bo'lgan YouTube ishga tushirildi. Ushbu muhim voqea sharafiga Google pleyerdagi an'anaviy progress slayderini pushti tortga o'zgartirdi.

Agar ushbu video bugun yuklansa, hozir mavjud bo'lgan 355 milliondan ko'proq tomoshani to'plamagan bo'lardi.

Videoda servis asoschilaridan biri bo'lgan 25 yoshli dastur muhandisi Jovid Karim shunchaki orqasidagi fillarni ko'rsatib, shunday deydi: Bu jonivorlarning eng zo'r tomoni shundaki, ularning chindan ham juda, juda, juda uzun xartumi bor.

Karim internet tarixini yaratayotganini bilmas edi - video YouTube boshlanishi va...