Tashkent, April 14 -- Joriy yil boshidan O'zbekistonda 2 mlrd kVt/soat "yashil" elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

12-aprel kuni, soat 15:30 holatiga ko'ra, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 2 mlrd kVt/soatga yetdi. Hozirda mamlakatning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4,06 GVt bo'lgan 11 ta quyosh fotoelektr hamda 3 ta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi.

2022-yili Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 434 mln kVt/soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. 2024-yili 7 ta viloyatda joylashgan 9 ta quyosh va bitta shamol e...