Tashkent, April 28 -- Portugaliya, Ispaniya va Yevropaning boshqa qator mamlakatlarida 28 aprel kuni kunduzi elektr energiyasi keng ko'lamda o'chishi kuzatildi.

Xususan, Publico ma'lumotiga ko'ra, Lissabonda metro to'xtab qolgan, yo'lovchilar vagonlar ichida qamalib qolishgan, Portu shahridagi metro ham yopilgan. Ko'plab shaharlarda svetoforlar o'chgan, butun mamlakat bo'ylab mobil aloqa uzilishlar bilan ishlamoqda, bankomatlar ishlashdan to'xtagan. Lissabon, Portu va Farudagi aeroportlarda zaxira generatorlaridan foydalanishga o'tilgan.

Ispaniyaning milliy temiryo'l kompaniyasi bo'lmish Renfe yo'lovchi poyezdlar qatnovi butkul to'xtatilganini e'lon qilgan.

Fransiya va Germaniyada ham elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar haqida x...