Tashkent, May 16 -- Yevropa yetakchilari 16-may kuni Albaniyada bo'lib o'tadigan uchrashuvda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni muhokama qilmoqchi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Mazkur qarorga Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-may kuni tinchlik muzokaralarida ishtirok etish uchun Istanbulga kelmagani sabab bo'lmoqda. 16-may kuni Tirana shahrida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Merts, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashishi kutilmoqda.

Unda Yevropa Ittifoqi 2022-yilda joriy etgan, biroq hozirgacha to'liq savdo embargosidan tiyilib kelgan Rossiyaga nisbatan chora ko'rib chiqiladi. Yevropa Ittifoqi v...