Tashkent, April 17 -- Oliy ta'lim, fan va innovtsiyalar vazirligida Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bo'yicha delegatsiyasi raisi Tomash Zdexovskiy boshchiligidagi Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Shohrux Daliyev 4-5-aprel kunlari ilk marotaba Samarqand shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti doirasida tarixiy kelishuvlarga erishilganini qayd etdi. Xususan, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ va Horizon Europe kabi ilg'or dasturlaridan Markaziy Osiyolik talaba va yosh tadqiqotchilar uchun alohida o'rin ajratilgani, bundan tashqari ikki mintaqa...