Tashkent, April 30 -- Yevroittifoq sudi Maltaning oltin pasportlar berish tartibi YeI qonunchiligini buzayotgani to'g'risida qaror chiqardi, deb xabar beradi Financial Times.

Sud versiyasiga ko'ra, Malta shu orqali YeI shartnomasida belgilangan o'z majburiyatlarini bajarmayapti.

FT'ning yozishicha, Malta investitsiya evaziga fuqarolik sxemasidan voz kechishi kerak, aks holda u jarimaga tortiladi. Malta hukumati ushbu qarorning huquqiy oqibatlari o'rganib chiqilayotgani, fuqarolik bo'yicha normativ baza qarorda keltirilgan tamoyillarga mos holatga keltirilishini ma'lum qildi.

2023 yilda Yevrokomissiya Maltaning oltin pasportlarni berish tartibi sabab YeI Oliy sudiga murojaat qilgandi. YeKga ko'ra, Malta sxemasi butun ittifoq uchun salbi...