Tashkent, June 23 -- Osiyo davlatlarining asosiy taomlaridan biri bo'lgan guruch yetishtirishning pasayishi Yaponiyada uning narxi keskin oshishiga olib keldi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Narx oshishi sababli mamlakatda iste'molchilar va siyosatchilarga bosim ortmoqda. May oyida 5 kilogramm guruchning o'rtacha narxi 4000 yapon iyenasini (28 dollar) tashkil etgan. Bu o'tgan yilgi narxga nisbatan 98 foizga qimmat. Bozorlarda guruch navlari kamayib ketayotgani aytilmoqda. Global beqarorlik, iqlim inqirozi va mahsulot yetishtirishning kamayishi guruch bozoriga ta'sir o'tkazmoqda.

Yaponiyaning an'anaviy oshxonasida guruch katta ahamiyatga ega. Ammo uning yetishtirilishiga so'nggi iqlim hodisalari va tabiiy ofatlar ta'sir ko'rsatgan. Hosild...