Tashkent, June 9 -- Yaponiya Quruqlikdagi qo'shinlari ilk bor 1000 kilometr uzoqlikdagi dengiz va yerusti nishonlariga yakson qilishga qodir yangilangan Tip-12 raketa qurilmasini namoyish etdi.

Qayd etilishicha, namoyish 2 mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etgan Fuji tog'i etagidagi jangovar o'quv mashg'uloti vaqtida bo'lib o'tgan.

Yomiuri gazetasining ma'lumotlariga ko'ra, raketalarni ishlab chiqish va modernizatsiya qilish bilan Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi shug'ullanadi. Ulardan quruqlikda, kemada va samolyotlarda ham foydalanish mumkin. O'quv mashg'uloti davomida to'rtta raketaga mo'ljallangan g'ildirakli mobil uchirish qurilmasi namoyish etilgan.

Manyovrlar doirasida 50 ga yaqin tank va zirhli texnikalar, 60 ta art...