Uzbekistan, Feb. 22 -- Statistika agentligi dastlabki malumotlariga ko'ra, 2025-yilning yanvar oyida O'zbekiston jahonning 154 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 4,5 mlrd AQSH dollariga yetkazgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 297,2 mln AQSH dollariga yoki 7,5 % ga oshgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (22,1 %), Rossiya (17,7 %), Qozog'iston (7 %), Turkiya (4,7 %) va Koreya Respublikasida (3,8 %) qayd etilgan.

- Eksport - 1,3 mlrd

- Import - 3,2 mlrd.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....