Uzbekistan, Feb. 5 -- "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tarkibidagi korxonalar tomonidan yanvar oyida 1,3 milliard kilovatt soat elektr energiyasi va 1,5 million Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, tarmoqqa uzatildi.

Energiya ishlab chiqarishda tejamkorlikka ham katta etibor qaratilmoqda. Xususan, 5,29 million metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish mo'ljallangan bo'lsa, amalda 5,30 million metr kub tabiiy gaz tejaldi, yani reja 100,2 foizga bajarildi.

Elektr energiyasi tejamkorligi bo'yicha ham 10,8 million kilovatt soat o'rniga, 10,94 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilinib, reja 100,9 foizga bajarildi.

Bu haqda bugun AOKAda o'tkazilgan brifingda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ boshqarma boshligi Feruza Turg...