Tashkent, June 16 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

So'nggi yillarda izchil oshgan investitsiyaviy jozibadorlik tufayli poytaxtimizda bunyodkorlik sur'ati jadal. Ko'p qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, biznes markazlari, madaniyat va sport majmualari shahar imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Yangi Toshkent qurilishi ham boshlanib, ikkisi zamonaviy megapolisga aylanmoqda.

Uzoq yillar xizmat qiladigan bunday ishlarda, albatta, sifat juda muhim. 13 may kuni shu masala bo'yicha yig'ilish o'tkazilgan edi. Davlatimiz rahbari qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o'rinda ekanini ta'kidlab, bu yo'nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohag...