Tashkent, April 16 -- "Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Prezident Farmoni (PF-66-son, 14.04.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyuldan:

- yakka tartibdagi uy-joylar va kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazorati xususiy sektor tomonidan olib boriladi;

- xususiy qurilish nazorati obyektlarida qurilish yakuniga yetgandan so'ng loyihachi tomonidan "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimida xulosa shakllantiriladi va buyurtmachiga taqdim etiladi;

- qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tegishli tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommuna...