Tashkent, June 21 -- Toshkent shahrida xotinini bolacining ko'z o'ngida benzin sepib, yoqib yuborgan erkak 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Hukmga ko'ra, joriy yilning 15 yanvar kuni sudlanuvchi 42 yoshli Sh.B. mast holda soat taxminan 20:00 da turmush o'rtog'i N.S. va o'g'li K.Q. vaqtinchalik ijara shartnomasi asosida yashab kelayotgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani "Muhandislar" MFYdagi uyga o'zi bilan 2 litr benzin olib borgan. Shundan so'ng Sh.B. xonadonning oshxonasiga N.S. ni olib kirib, uning tanasi va oshxonaga benzinni sepib, o't qo'yib yuborgan. Ular oilaviy kelishmovchilik ortidan 2024 yilning dekabridan buyon alohida yashab kelayotgan bo'lgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida N.S. da alangadan boshi, yuzi, bo'...