Tashkent, April 18 -- Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida 3 qavatli savdo do'koni yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17 aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani "Temirchi maskan" MFYda joylashgan 3 qavatli savdo do'konida yong'in sodir bo'lgani to'g'risida xabar berilgan. Shunga ko'ra, yong'in-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da hodisa joyiga yetib borib, soat 16:39 da yong'in o'rab olingan va 17:10 da o'chirilgan.

Yong'inni bartaraf etishga 5 ta yong'in-qutqaruv ekipaji va 2 ta yordamchi suv tashish texnikasi jalb etilgan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Bildirilishicha, yong'in oqibatida do'konning 280 kvadrat metr maydondagi tomi, shifti va i...