Tashkent, May 27 -- "O'zenergoinspeksiya" Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan nazorat tadbirida Urganch shahrida "T. Y." MChJga tegishli elektr qurilmalar hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra elektr ta'minoti korxonasiga 2 milliard 207 million so'mlik zarar yetkazilganligi ma'lum bo'ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....