Tashkent, May 1 -- Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yuzaga chiqarish bo'yicha qilinayotgan ishlar katta natija bermoqda. Buni hududga xorijiy sayyohlarning tashrifi yetti-sakkiz yil oldingi davrga nisbatan 30 barobar ko'payganida ham ko'rish mumkin. Sohadagi o'zgarishlar hisobiga viloyat turizm xizmatlari eksporti 2017-yildagi 7 million dollardan o'tgan yilda 380 million dollarga yetdi.

Sir emas, ilgari hudud turizmi haqida gapirilganda ko'pchilik faqat Ichan qal'ani hayoliga keltirar edi. Keyingi vaqtlarda bu boradagi qarashlar butunlay o'zgardi. Sayyohlar uchun qirqdan ortiq turistik yo'nalishlar ishlab chiqildi va ularning umumiy soni yuztaga yetdi.

Endi bu yerda yana bir noyob majmua - "Arda Xiva" bor. Uning ochilishi Xorazm ...