Tashkent, May 2 -- Xiva shahrida "Arda Xiva" xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimi bo'ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev marosimdagi nutqida viloyatning buyuk o'tmishi va bugungi turizm salohiyati haqida so'zladi.

- Xorazm dunyo sivilizatsiyasi va madaniyatiga bebaho hissa qo'shgan Sharq gavharidir. Bu ko'hna yurt jahonga dong'i ketgan ne-ne olim-u fozillar, sarkarda va sultonlar, aziz avliyolar, betakror shoir va hofizlar vatanidir, - deya ta'kidladi davlat rahbari.

Bu yerdagi muhtasham tarixiy obidalar bebaho boylik ekani qayd etildi. Ochiq osmon ostidagi shahar-muzey - "Ichan qal'a" majmuasi umumbashariyat xazinasi sifatida YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan. Viloyatda 260 dan ziyod madaniy meros obyekti mavjud. Ular o'zin...