Tashkent, June 9 -- Xitoyda HKU5-CoV-2 deb nomlangan koronavirusning yangi varianti aniqlandi - u yangi pandemiyaga olib kelishi mumkin bo'lgan xavfli mutatsiyaga juda yaqin. Bu haqda amerikalik olimlar tadqiqotiga tayanib, The Independent xabar berdi.

HKU5-CoV-2 o'lim holati 34 foizgacha yetadigan Yaqin Sharq respirator sindromi virusi hisoblanuvchi xavfli MERS-CoV - merbekovirus oilasiga mansub. Vashington shtati universiteti olimlar guruhining tadqiqot natijalariga ko'ra, koronavirusning yangi varianti COVID-19'ga qaraganda ko'proq hayvonlarga yuqishi va turlar orasida tarqalish bo'yicha katta potensialga ega bo'lishi mumkin. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, virus oqsil tikanchalaridagi kichik o'zgarish unga insonning tomoq, og'iz v...