Tashkent, May 24 -- Xitoyning janubi-sharqidagi Szyansi provinsiyasining Lepin shahrida yashovchi 44 yoshli ayol Pen Xueyfan 12-qavatdan yiqilib tushganiga qaramay, mo''jizaviy tarzda omon qoldi. Bu haqda "South China Morning Post" nashri xabar berdi.

Nashrga ko'ra, ayol turmush o'rtog'i - deraza ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorga og'ir deraza romini pastki qavatdan 12-qavatgacha ko'tarishda yordam berayotgan bo'lgan. Buning uchun ular ko'taruvchi moslamadan foydalangan, biroq uni to'g'ri ishlatishni bilmagani tufayli deraza asosi daraxtga ilashib, pastga qulagan. Shu bilan birga, asosni ushlab turgan ko'taruvchi moslama zanjiri ayolni ham o'zi bilan tortib ketgan.

O'sha paytda Pen Xueyfan kvartiraning ichida bo'lgan, o'...