Tashkent, May 12 -- Xitoyning Chanchjen-6A tashuvchi raketasi 11 may kuni uchta Yaogan-40-02 elektromagnit monitoring sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib chiqdi.

Qayd etilishicha, yengil uch pog'onali raketa Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasidagi joylashgan Tayyuan kosmodromidan amalga oshirilgan. Kosmik apparatlar belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli chiqqan.

XXR aerokosmik ilm-fan va texnika koporatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, sun'iy yo'ldoshlar yer atrofi orbitasida elektromagnit monitoring o'tkazish va yangi texnologiyalarni sinovdan o'tkazish uchun mo'ljallangan.

Uzunligi 50 metrga yetadigan modifikatsiya qilingan Chanchjen-6A kerosin/suyuq kislorod juftligidagi ekologik toza yoqilg'ida ishlaydi va 6,5 tonngacha foydali yukni 500 k...