Uzbekistan, Sept. 3 -- Xitoy Rossiya fuqarolari uchun bir yil muddatga sinov tariqasidagi vizasiz rejimni joriy qilmoqda, bu haqda 2-sentabr, seshanba kuni Pekinda bo'lib o'tgan brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Go Szyakun ma'lum qildi. Unga ko'ra, rossiyaliklar Xitoyda 30 kungacha qolishi mumkin, vizasiz rejim 15-sentabrdan kuchga kiradi.

Xitoyga sayohat qilish uchun Rossiya fuqarosiga faqat haqiqiy xorijiy pasport kerak bo'ladi. Siz biznes va sayyohlik maqsadlarida, shuningdek, qarindoshlaringiz va do'stlaringizni ziyorat qilish yoki almashinuv doirasida vizasiz kirishingiz mumkin.

Ilgari rossiyaliklarga Xitoyga individual sayohat qilish uchun viza kerak edi, Gonkong va Makao kabi ayrim hududlar bundan mustasno, vi...