Tashkent, April 30 -- Toshkent shahrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova hamda sog'liqni saqlash vaziri birinchi o'rinbosari Davron Sultonov "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi rahbari Hishom Burizq va Kuvaytning "Shayx Abdulloh an-Nuriy" xayriya tashkiloti rahbari Abdulatif az-Zafiri bilan uchrashuv o'tkazdi.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv davomida salkam 500 nafar bemorni bepul diagnostika va davolashni o'z ichiga olgan navbatdagi gumanitar missiyaning maqsadlari muhokama qilindi. Tomonlar aholining salomatligini mustahkamlash va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi tashabbusning ahamiyatini ta'kidladilar.

Mazkur insonparvarlik missiyasining Qoraqalpog'iston uc...