Tashkent, May 6 -- "Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida" gi prezident qarori (PQ-153-son, 30.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochishi bo'yicha talablar ishlab chiqiladi.

Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog'liq shubhali (frod) operasiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo'lga qo'yadi.

Banklar va to'lov tashkilotlari tomonidan o'zining mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini o'rnatish hamda foydalanuvchi qurilmasida zararli dasturlar belgilari mavjudligi aniqlanganda ularni ogohlantirish amaliyoti joriy eti...