Tashkent, April 22 -- Rim papasi Fransisk koma va undan keyin yurak to'xtashiga olib kelgan insult oqibatida vafot etdi. Bu haqda Vatikan sog'liqni saqlash bo'yicha direktori Andrea Arkanjyeli ma'lum qildi.

Rim papasi Fransisk 2025 yil 21 aprel kuni, Vatikandagi qarorgohi - Kasa-Santa-Martada olamdan o'tdi. U 88 yoshda edi.

2025 yil fevral oyi o'rtalarida Rim papasi Fransisk bronxit tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Keyinroq uning holati keskin og'irlashgan - unda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan va bir necha bor sun'iy nafas oldirish apparatiga ulangandi. 23 mart kuni Fransisk 38 kun davomida shifoxonada qolganidan keyin Vatikanga qaytgan edi. 20 aprel kuni u Vatikandagi Avliyo Pyotr maydoniga yig'ilgan jamoat qarshisida ko...