Tashkent, April 16 -- AQSh va Xitoy o'rtasidagi savdo urushi yana avj oladigan ko'rinadi: Vashington Pekinga nisbatan ayni paytda 145 foiz darajasida belgilangan bojlarni 245 foizgacha oshirishini ma'lum qildi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytib o'tilgan.

Prezident Donald Tramp rahbarligidagi ma'muriyatga ko'ra, 2 aprel - Ozodlik kunida prezident barcha mamlakatlarga 10 foizlik yagona tarif joriy qilgan, savdo defitsiti eng yuqori bo'lgan davlatlarga esa alohida yuqori bojlar kiritilgan.

Oq uy ma'lumotiga ko'ra, 75 dan ortiq davlat AQSh bilan yangi savdo bitimlari yuzasidan muzokaralarga qiziqish bildirgan. Ammo Xitoy bu choralarga javob qaytargan yagona davlat sifatida qolgan va shundan so'ng Pekindan keladigan import mahsulotlariga 245 f...