Tashkent, June 28 -- Ijtimoiy tarmoqlarda "Urganch tumanida shoqollar yurgani aytilmoqda" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, ushbu hudud Urganch tumani, Chandirqiyot qishlog'i, "Baqaylar" mahallasi hududi bo'lib, chiyabo'ri (shoqol)larni O'zbekiston Respublikasining "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi Qonuni talablariga muvofiq muhofaza qilish choralarini ko'rish hamda inson xo'jalik faoliyatiga zarar yetkazilishini oldini olish maqsadida havaskor ovchilar guruhi shakllantirilib, hurkitish ishlari olib borilayotganligi bildirildi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....