Tashkent, June 25 -- Urganch shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansab mavqeidan foydalanib, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan qo'zg'atilib, o'zining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qiladi.

Natijada, katta tergovchi 2025-yilning 16-28 may oralig'ida 1000 AQSH dollari, 10 mln so'm, qiymati 1000 AQSH dollariga teng bo'lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so'mlik 1 d...