Tashkent, May 1 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish, yangi istiqbolli rejalarni belgilash maqsadida 1-may kuni Xorazm viloyatiga keldi.

Bu o'lka qadim tarixi va madaniyati bilan turizm jozibadorligiga ega. Hozirgi iqtisodiy ravnaqi tufayli ishbilarmonlik tashriflari ham ko'paymoqda. Lekin Urganch xalqaro aeroporti aholi va mehmonlar talabiga to'la javob bermayapti. U soatiga 400 nafar yo'lovchiga xizmat ko'rsata oladi, xolos. Bu qatnovlarni ko'paytirish imkonini bermayapti. Shuning uchun bu aeroportni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish ko'zda tutilgan.

Tashrif chog'ida davlatimiz rahbariga ushbu loyihaning borishi haqida axborot berildi.

Bu borada 2024-yil 1-avgustda e'lon q...