Tashkent, May 15 -- Raqobat qo'mitasiga UPay to'lov tizimi tomonidan "Milliy banklararo protsessing markazi" AJ tizimi bilan integratsiya qilishda amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha murojaat qilingan.

Holat bo'yicha Qo'mita tomonidan belgilangan tartibda o'rganish ishlari olib borilib, "Milliy banklararo protsessing markazi" AJga rasmiy so'rov yuborildi hamda murojaatda bayon etilgan masala ijobiy hal etildi.

Natijada, "Maroqand" AJning UPay to'lov tizimi HUMO tizimiga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi va ayni paytda to'lov operatsiyalarini amalga oshirish to'liq tiklangan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....