Tashkent, June 21 -- Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenko Rossiyani Kiyevga halok bo'lgan ukrainalik askarlar niqobi ostida o'z harbiylarining jasadlarini topshirganlikda aybladi. U halok bo'lgan rossiyaliklardan birining hujjatlarini e'lon qildi, uning ta'kidlashicha, ushbu jasad almashinuv doirasida Ukrainaga topshirilgan.

E'lon qilingan hujjatlar Aleksandr Bugayev nomiga berilgan. Klimenko uning jasadi yonidan topilgan harbiy guvohnoma, jyeton va harbiy qism komandirining buyrug'idan ko'chirma suratlarini namoyish etdi. Shuningdek, vazirning so'zlariga ko'ra, Rossiya fuqarosi pasporti va harbiy xizmatchi guvohnomasi taloni topilgan (ularning suratini ko'rsatmagan).

Klimenko marhumning qarindoshlari uni qidirishni mart...