Tashkent, May 10 -- Fir'avn Tutanxamon xazinalari kolleksiyasining bir qismi yangi muzeyga ko'chirildi. Bu haqda Misr Turizm vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 163 ta artefakt Gizadagi Katta Misr muzeyiga yetkazilgan bo'lib, uning rasmiy ochilik marosimi 3 iyul sanasiga rejalashtirilgan.

Turizm vaziri Sharif Fathining so'zlariga ko'ra, Tutanxamonning oltin kolleksiyasidagi eksponatlarning bir qismi muzeyning rasmiy ochilishiga so'nggi tayyorgarliklar doirasida olib kelingan. Shuningdek, u yerga boshqa artefaktlar ham keltirilishi kutilmoqda.

Eksponatlar orasida Tutanxamonning taxti, shuningdek, oltindan yasalgan zargarlik buyumlari va marjonlar mavjud. Tutanxamon qabri 1922 yilda Luksordagi Podshohlar vodiysida qazish ishlari cho...