Tashkent, April 26 -- Turkiyaning Istanbul shahri Kadikoy tumanida sodir bo'lgan yong'in oqibatida 19 yoshli O'zbekiston fuqarosi halok bo'ldi. Bu haqda O'zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 aprel kuni bosh konsulxona O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Istanbul shahrida yong'in oqibatida vafot etgan 19 yoshli O'zbekiston fuqarosining jasadini O'zbekistonga qaytargan. Mazkur fuqaro Istanbul shahri Kadikoy tumani Fikirtepe mavzesida joylashgan ijaradagi uyda noma'lum sabablarga ko'ra yuzaga kelgan yong'in oqibatida vafot etgan.

Marhumning jasadini O'zbekistonga yuborish bilan bog'liq barcha xarajatlar O'zbekiston Resp...