Tashkent, May 16 -- Turkiyada STM NETA 300 nomli yangi suv osti droni muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi. U harbiy-dengiz kuchlarining minalarga qarshi kurash missiyalarida qo'llanilishi kutilmoqda. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

STM NETA "Uchuvchisiz avtonom suv osti transport vositasi" loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Dron birinchi marta 2024-yil 22-oktyabrda SAHA EXPO ko'rgazmasida taqdim etilgan. STM kompaniyasi Turkiyada dengiz platformalari va avtonom tizimlar sohasida yetakchi hisoblanadi.

STM NETA 300 metrgacha chuqurlikda ishlay oladi. Dron yon tomondan skanerlovchi va bo'shliqni to'ldiruvchi sonar (tovush impulslarini chiqarib, ularning qaytishini aniqlaydigan va o'lchaydigan qurilma) bilan jihozlangan. Qurilma minalarni an...