Tashkent, May 2 -- Aprel oyi yakunlariga ko'ra, Xitoydagi zavodlar faoliyati oxirgi 16 oy ichidagi eng katta qisqarishni qayd etdi. Bunga AQSh hukumati tomonidan joriy etilgan yuqori tariflar asosiy sabab sifatida keltirilyapti.

Xitoy Milliy statistika byurosi (NBC) e'lon qilgan ma'lumotlarga ko'ra, xarid menejerlari indeksi (PMI) aprel oyida 49 ga tushib ketgan, bu 2023 yil dekabridan keyingi davrda kuzatilgan eng past ko'rsatkichdir.

NBC'ning katta mutaxassisi Chjao Tsinxe o'z bayonotida zavodlar faoliyatining qisqarishiga tashqi muhitdagi keskin o'zgarishlar va boshqa omillar sabab bo'lganini aytdi.

AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy tovarlariga qo'ygan 145 foizlik bojlari mamlakat eksporti va ishlab chiqarishga bog'liq iqtisodi...