Tashkent, June 20 -- AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok ilovasini yopish muddatini 17 sentabrgacha uzaytirish haqidagi qonunni imzoladi.

2024 yil aprel oyida AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden mamlakatda TikTok faoliyatini taqiqlovchi qonun loyihasini imzoladi.

Tramp prezident bo'lgach, bu qonunni bekor qildi va TikTok ilovasini yopish muddatini ikki marta uzaytirdi. Uning fikricha, AQSh kompaniyaning 50 foiziga egalik qilishi kerak.

AQSh qonunlariga ko'ra, TikTok o'zining AQShdagi filialini sotishi va Xitoy ta'siridan chiqarishi kerak. Aks holda mamlakatdagi faoliyatini davom ettira olmaydi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....