Tashkent, April 18 -- Vashington Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Ukraina bo'yicha o't ochishni to'xtatish taklifiga shu haftaning oxirigacha javob olishni kutmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.

Ularning javobini shu hafta, juda yaqin kunlarda eshitamiz. Biz qotilliklar to'xtatishini xohlaymiz, - deydi Tramp.

Shuningdek, u hafta davomida - 24 aprelgacha AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo'yicha bitim imzolashi mumkinligini qo'shimcha qildi. Bu bitim AQShning Ukrainaga bergan harbiy yordami uchun sarflangan mablag'ni qoplashga xizmat qiladi. Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, muzokaralar davomida ushbu qarz miqdori uch baravar kamaytirilgan - 300 milliard dollardan 100 milliard dollargacha.

Axios manbalarining so...