Tashkent, May 20 -- Rossiya va Ukraina zudlik bilan o't ochishni to'xtatish va urushni yakunlash bo'yicha muzokaralar boshlaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan bo'lib o'tgan telefon muloqotidan keyin ma'lum qildi.

Hozirgina Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki soatlik telefon muloqotim yakunlandi. O'ylashimcha, u yaxshi kechdi. Rossiya va Ukraina zudlik bilan o't ochishni to'xtatish va muhimi, urushni yakunlash bo'yicha muzokaralarni boshlaydi, - deb yozadi Tramp o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'iga.

Uning ta'kidlashicha, bo'lajak kelishuv shartlari bevosita Moskva va Kiyev tomonidan ishlab chiqiladi, chunki muzokaralar jarayonining boshqa hech kimga ma'lum bo'lmagan tafsilotlarini faqat ular bil...