Tashkent, April 22 -- Amerika fond bozori indekslari Pasxa bayramidan keyingi birinchi savdo sessiyasini keskin pasayish bilan yakunladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan boshlangan savdo urushi tufayli moliyaviy bozorlar tarangligicha qolmoqda. Bozor ishtirokchilari Trampning Federal zaxira tizimi (Markaziy bank) raisi Jyerom Pauellni keskin tanqid qilishini Amerika Markaziy banki mustaqilligiga tahdid sifatida qabul qildi. Oqibatda, fond bozorlarida yanada pasayish kuzatildi.

O'tgan hafta Tramp Pauellning harakatlarini keskin tanqid qilib, uni foiz stavkalarini pasaytirishni istamaganlikda ayblagan edi. Oq uyning iqtisodiy maslahatchisi Kevin Hasset prezident va uning jamoasi Pauellni ishdan bo'shatish imkoniyatini o'rganishda d...