Tashkent, May 10 -- AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan sammitda Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishini e'lon qilishi mumkin. Bu haqda Fors ko'rfazi davlatlaridan birining diplomatik manbasiga tayanib, "The Media Line" nashri xabar berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Tramp, shuningdek, HAMAS ishtirokisiz Falastin davlati tuzilishi haqida ham bayonot beradi va bu Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatini o'zgartiradigan eng muhim deklaratsiyalardan biri bo'lishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Donald Tramp 13-16 may kunlari Yaqin Sharqqa safar uyushtirishi kutilmoqda. Safar doirasida u Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi. "Axios"ga ko'ra, Tramp Saudiya Arabistonida bir qator ...