Tashkent, May 8 -- AQSH Prezidenti Donald Tramp Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo'g'anga murojaat qilib, Ukrainadagi mojaroda vositachilik qilishni so'radi. Bu haqda "Hurriyet" nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Erdo'g'an AQSHdan G'azo sektorida o't ochishni to'xtatishda yordam berishni so'ragan.

Rasmiy ravishda Turkiya Prezidenti ma'muriyati Rajab Toyib Erdo'g'an va Donald Tramp Ukraina mojarosini hal qilishda birgalikdagi sa'y-harakatlar to'g'risida kelishib olganini ma'lum qilgan. Erdo'g'an muzokaralarning o'zini samarali deb atagan.

"Hurriyet" nashrining yozishicha, Donald Tramp Erdo'g'anning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ham, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham muloqot olib borish qobiliyatini qayd et...