Tashkent, May 28 -- AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada AQShning kelajakdagi Oltin gumbaz havo mudofaa tizimiga qo'shilishni istasa, to'lashi kerak bo'lgan narxni aytdi: 61 milliard dollar. Shu bilan birga, Kanada AQShga 51-shtat sifatida qo'shilishni istasa, xuddi shu xizmat nol dollarga tushadi, deb yozdi Tramp 27 may, seshanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog'ida.

Men bizning ajoyib Oltin gumbaz tizimimizning bir qismi bo'lishni xohlayotgan Kanadaga, agar ular alohida, ammo teng bo'lmagan davlat bo'lib qolsa, bu 61 milliard dollarga tushishini, ammo bizning 51-shtatimiz bo'lsa, nol dollarga tushishini aytdim. Ular buni ko'rib chiqmoqdalar! - deyiladi uning postida.

Kanadaning CBC media kompaniyasi xabar berishicha, Trampning bayonot...