Tashkent, April 24 -- AQSh tinchlik rejasi doirasida Ukrainadan Qrim ustidan Rossiya suverenitetini tan olishni talab qilmayapti. Bu haqda prezident Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog'iga yozib qoldirdi.

Trampning so'zlariga ko'ra, Volodimir Zelenskiyning Ukraina huquqiy jihatdan hech qachon Qrimni Rossiyaniki deya tan olmasligi haqidagi bayonoti Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga jiddiy zarar yetkazmoqda. Uning ta'kidlashicha, Ukraina yarimorolni ancha yillar oldin, AQShda Barak Obama prezident bo'lgan vaqtda qo'ldan chiqargan va endi bu hatto muhokama mavzusi ham hisoblanmaydi.

Tramp, shuningdek, tomonlar bitimga juda yaqin ekanini ma'lum qildi va qo'lida kuziri yo'q odamdan ushbu kelishuvni ma'qullashni talab qildi.

23 apr...