Tashkent, May 24 -- 24 may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida ochiq maydondagi quruq o't yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, soat 12:33 da tumanning Farobiy ko'chasida ochiq maydonda quruq o't yonayotgani to'g'risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko'ra, yong'in-qutqaruv ekipajlari soat 12:39 da voqea joyiga yetib borib, yong'in soat 13:31 da o'chirilgan.
Bildirilishicha, vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to'liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.