Tashkent, May 19 -- O'tgan yil oktyabr oyida "Lenta" nashri va "Profil" jurnalida faoliyat yuritgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya Toshkent shahridagi Karaman Palace mehmonxonasida o'lik holda topilgani xabar qilingandi. Ushbu ish bo'yicha sud jarayoni kelasi haftada boshlanishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Zokirjon Qo'ziboyev ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, marhuma jurnalistning o'limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi doirasidagi sud majlisi keyingi haftada Jinoyat ishlari bo'yicha Yakkasaroy tuman sudida boshlanishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu hodisa 2024 yilning 20 oktyabr kuni sodir bo'lgan. O'zbekistonga dam olish uchun kelgan Inessa Papernayaga o'sha kuni pochta jo'natmasi kelgan. Mehmonxo...