Tashkent, April 25 -- Ijtimoiy tarmoqda "Chilonzor tumanidagi 280-sonli maktab o'quvchilariga majburiy tarzda 50 ming so'mdan sirk chiptalari sotilmoqda" mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi tegishli ko'rsatmasiga asosan, "O'zbeksirk" davlat muassasi tomonidan o'tkaziladigan sirk tomoshalarini dars jarayonlarida katta uzilish keltirib chiqarmaydigan sharoitlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda o'tkazilishiga ruhsat berilgan.

Shunga asosan, Chilonzor tumanidagi umumta'lim maktablari o'quvchilari "O'zbeksirk" davlat muassasi tomonidan o'tkazilgan sirk tomoshalariga jalb et...