Tashkent, May 12 -- 12 may kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida hududidagi chiqindi saqlash joyida yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, soat 18:18 da Mirzo Ulug'bek tumani Jasorat ko'chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi hududida chiqindi saqlash joyida yong'in sodir bo'layotgani to'g'risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko'ra, yong'in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:25 da yetib borib, 18:41 da qurshab olingan va soat 18:49 da batamom o'chirilgan.

Bildirilishicha, yong'in oqibatida jabrlanganlar yo'q.

Published by HT Digital Content Services with permiss...