Tashkent, May 25 -- Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Uchtepa tumanida sodir bo'lgan yong'in yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 25 may kuni soat 18:10 da Uchtepa tumani Vatan MFY, 26-dahada joylashgan ko'p qavatli uylarning biridagi xonadonda yong'in sodir bo'layotgani to'g'risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko'ra, yong'in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga yetib borgan va yong'inni o'chirgan.
Hodisa oqibatida xonadonning 20 metr kvadrat maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong'in oqibatida jabrlanganlar yo'q. Hozirda yong'in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda, - deyiladi xabarda.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.