Tashkent, June 21 -- Bolalar ombudsmani navbatdagi monitoring tashrifi bilan Toshkent shahridagi 1-sonli tergov hibsxonasida bo'ldi hamda muassasada saqlanayotgan voyaga yetmaganlar sharoitlarini ko'zdan kechirdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, voyaga yetmaganlar kameralaridagi sharoitlar belgilangan standartlarga mosligi, ularning yotog'i, ovqatlanishi, saqlanishi sharoitlari hamda sog'lig'ini saqlash bilan bog'liq talablarning ta'minlanishi darajasi o'rganildi.

Monitoring davomida jinoyat ishi tergov va sud bosqichida ekanli yuzasidan hibsxonada saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan jamoaviy suhbat, bir nechtasi bilan esa alohida individual muloqot qilinib, tergov va sud jarayonlarida ularning prots...